Birdaniga 5 ta uy olib berishni vaʼda qilgan firibgarga jinoyat ishi qoʼzgʼatildi
Samarqand. Jomboy tumanida yashovchi fuqaro 29 yoshli S.M., Samarqand shahar hokimligi tomonidan kam taʼminlangan oilalarga Samarqand shahar “Obod maskan” mahallasi Korasuv maskanida qurilayotgan koʼp qavatli uylardan berayotganligini aytib, oʼzining tanishi 45 yoshli Sh.M.,ga ham ushbu joydan 5 dona uyni kredit shartlari asosida arzon narxda olib berishini vaʼda qilib, uning ishonchiga kirib, 2018 yilning dekabrь oyidan 2020 yilning mart oyiga qadar boʼlgan vaqt oraligʼida boʼlib-boʼlib jami 16.400 АQSh dollarini olib, hozirgi kunga qadar uy olib bermasdan pullarni oʼzining ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri boʼyicha IIO FMB xuzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan 29 yoshli S.M.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti