Fuqarolarni aldagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Andijon. 2019 yilning dekabr' oyidan 2020 yil 10 mart kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 43 yoshli T.K., aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, fuqarolar 54 yoshli X.A., va 43 yoshli G.Dj.,larga yog‘-moy mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanishini, 56 yoshli N.A.,ga esa birgalikda kafe ochib biznes qilishlarni aytib, ularni ishonchiga kirib, aldab, jami bo‘lib 35.200 AQSh dollar pul mablag‘larini olib, shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB 4-son IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan T.K.,ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti