Popda “Qoradori-2020” tadbirlari davom etmoqda
Namangan. Pop tumani hududida o‘tkazilayotgan “Qoradori-2020” tadbirida davomida, 2020 yil 03 avgust kuni Pop tumani, “Uyg‘ur” mahallasida yashovchi 59 yoshli A.A.,ni yashash uyi xolislar hamda mutaxassis agronom ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uy hovlisidagi ekin maydonida bo‘lgan mevali daraxtlar orasida jami 10 metr2 maydonda 19 tup tarkibida giyohvandlik vositasi saqlovchi “kannabis” o‘simliklarini qonunga xilof ravishda parvarishlab kelayotganligi hamda molxonasida 4 dona alohida qog‘oz paketlarga o‘ralgan quruq holatdagi jami 4,317 gr. tarkibida giyohvandlik vosita saqlovchi “kannabis” o‘simliklarini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib tegishli tartibda ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
O‘tkazilgan sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, tadqiqot uchun taqdim etilgan ildizli to‘q yashil-sarg‘imtir rangli yangi uzilgan o‘tkir kannabis o‘simligiga xos hidli, tanalari yog‘ichlashgan, barglarining chetki qismi arrasimon shaklli, shohlari keng shohlangan holatdagi o‘simliklar hamda 4 dona aloxida qog‘oz paketlarga o‘ralgan quruq holatdagi, yashil-sarg‘imtir holatdagi, ildizsiz moddalar tarkibida tetrogidrokannabinol saqlovchi “Kannabis” deb ataluvchi, jami og‘irligi 4,317 gramm giyoxvandlik vositasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-modda 2-qismi “a” bandi (Giyovandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) va 270-modda 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti