Jinoyat yo‘liga kirgan o‘smirlar
Jizzax. 2020 yil 02 iyul kuni soat 15:00 larda G‘allaorol tumani Oqtom MFY hududidan o‘tgan 4R-40 “G‘allaorol-O‘smat” yo‘lining 40 km.da 35 yoshli B.R. “Nexia” rusumli avtomashinani G‘allaorol yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borayotib, avtomobil boshqaruvini yo‘qotib qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 37 yoshli O.X.ning boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina bilan to‘qnashib yo‘l transport hodisasini sodir etgan.
Oqibatda, “Damas” rusumli avtomashina yo‘lovchilari 42 yoshli E.S., va 47 yoshli Sh.E.lar tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
“Nexia” rusumli avtomashina haydovchisi B.R., yo‘lovchisi 28-yoshli F.A. va 15 yoshli B.N.lar G‘allaorol tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari transport vositasini boshqarayotganingizda amaldagi “Yo‘l harakati qoidalari” ga rioya qilishingizni so‘raymiz, o‘zingiz va boshqalarning hayotiga befarq bo‘lmang.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti