O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Samarqandda 40 bosh qoʼy-qoʼzilar oʼgʼirlandi

Samarqand. 2020 yilning 09 may kuni Narpay tuman IIBga 22 yoshli J.А., ariza bilan murojaat qilib, oʼz arizasida 2020 yil 7 may kunidan 8 may kuniga oʼtar kechasi nomaʼlum shaxslar Narpay tumani “Muqumiy” mahallasida joylashgan xususiy korxonaning yer maydonidagi qoʼyxonaga gʼayriqonuniy ravishda kirishib, u yerda boʼlgan 40  bosh umumiy narhi 60.000.000 million soʼmlik qoʼy-qoʼzilarini oʼgʼirlab ketganliklarini bildirgan.

Holat yuzasidan Narpay tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni 39 yoshli X.J., sodir etilganligi aniqlanib, undan J.А., ga tegishli 28 bosh qoʼy-qoʼzilar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan. Jinoyat ishi boʼyicha X.J., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

 Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech