O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Samarqandda og‘irfurishga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi sudlovga yuborildiSamarqandda og‘irfurishga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi sudlovga yuborildi

Samarqand. 2020 yilning 28 aprel kuni soat 11:30 da Payariq tumani IIB xodimlari tomonidan “Kattasaydov” MFY “Farmonqul” qishlog‘ida yashovchi 54 yoshli R.B., ning yashash uyi tomorqasini ko‘zdan kechirish davomida uning tomorqaning 180 m2 yer maydonida 3762 tup “ko‘knori” giyohvandlik o‘simligi, yotoqxonasidagi deraza tokchasi gultuvakda yetishtirib kelayotgan 5 tup «ko‘knori» giyohvandlik o‘simligi borligi aniqlanib, ushbu aniqlangan o‘simliklar xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Shuningdek, shu kuni R.B., ning oshxonasi ko‘zdan kechirilganda, shkaf ustida yoyilgan holatda bo‘lgan 11,7 gramm «ko‘knor» giyohvandlik o‘simligining quruq holdagi barglari borligi aniklanib, tegishli tartibda xujjatlashtirilib olingan. 

Bundan tashkari, R.B., ning og‘ilxonasidagi simga ilingan holatda turgan sellofan paket ichida va yerto‘lasidan yelim baklashka ichida bo‘lgan 519,5 gramm “ko‘knori” giyohvandlik o‘simligining urug‘lari borligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda hujjatlashtirilib olingan.  

Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB xuzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha R.B. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va u bilan bir qator tergov harakatlari  olib borilgan.Tergov harakatlari natijasiga ko‘ra, R.B. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish), 276-moddasi 1-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) va 25,273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd) bilan ayblanuvchi tarikasida ishtirok etishga jalb qilinib, “garov” extiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Jinoyat ishi bo‘yicha ayblov xulosasi tuzilib, o‘rnatilgan tartibida tegishli sudlovga yuborilgan.  

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech