O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Samarqandda giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish holatlari yuzasidan 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

2020 yil 04 fevral kuni taxminan soat 15:33 larda, Samarqand shahar Rudakiy ko‘chasida joylashgan dorixonaning egasi 19 yoshli O‘.B. vazni 0,8 gr. bo‘lgan 10 ta konvalyutadagi jami 100 dona “kodeks” nomli dori-vositasini 150.000 so‘m evaziga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida Samarqand viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan ushlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va O‘.B.ga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e'lon qilingan, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 2020 yil 05 fevral kuni soat 19:00 larda, Samarqand shahar “8 mart” ko‘chasida joylashgan dorixonaning egasi 21 yoshli B.O‘. vazni 0,4 gramm bo‘lgan 50 dona “kodeks” nomli dori-vositasini 75.000 so‘m evaziga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida Samarqand viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan ushlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va B.O‘. ga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e'lon qilingan, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

 

Text to speech