O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Uyiga ketayotgan ayoldan telefon olib qochgan talonchi ushlandi.

Samarqand. 2020 yilning 11 may kuni 30 yoshli А.А., (ayol) Paxtachi tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, oʼz arizasida 2020 yil 9 may kuni soat 20:30 da bir oʼzi Navroʼz koʼchasi boʼylab uyiga piyoda ketayotgan vaqtida, nomaʼlum shaxs orqa tomonidan kelib, unga nisbatan jismoniy kuch ishlatib, yengil tan jarohati yetkazib, qoʼlida boʼlgan narhi 1.000.000 soʼmlik “Samsung J-2” rusumli uyali aloqa vositasini tortib olib qochib ketganligini maʼlum qilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida, ushbu jinoyatni 26 yoshli Sh.B., sodir etganligi aniqlanib, undan А.А, ga tegishli boʼlgan “Samsung J-2” rusumli qoʼl telefoni tegishli tartibda ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirilib olingan.

Holat yuzasidan Paxtachi tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Sh.B., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibida ushlangan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech