O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Kovrak oʼsimligi yigʼuvchi MChJ ishchilarini doʼpposlashdi

Surxondaryo. 2020 yilning 08 avgust kuni soat 10:00 da Qumqoʼrgʼon tumani “Saxovat” mahallasidagi togʼli hududda kovrak shirasini yigʼish bilan shugʼullanuvchi MChJning ishchilari 32 yoshli А.B., 39 yoshli Z.M. va А.J., lar ishlayotgan vaqtida, shu joyga 40 yoshli B.Ch. va 41 yoshli X.Ch., lar taxminan 15 nafar notanish fuqarolar bilan birgalikda borib, qoʼlida boʼlgan tayoq bilan M.B., А.J. va А.B., ning tanasining turli joylariga urib, ularga turli koʼrinishdagi tan jarohati yetkazib, “Bu yerda ishlamaysanlar, toqqa qaytib chiqsang oʼliging tushadi” - deb, qoʼrqitib MChJga tegishli jami 20 dona yelim idishdagi qiymati 168 mln. soʼm boʼlgan 105 kg. kovrak shirasi va narxi 1.100.000 soʼm boʼlgan 20 kg. qovurilib yelim idishga solib qoʼyilgan qoʼy goʼshtini hamda 2 dona afgʼon pichogʼi, ikki dona 100 litr hajmli yelim idishlari va А.B., ga tegishli narxi 1.000.000 soʼmlik “Samsung J-5” rusumli telefon apparatini tortib olib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Hodisa sodir boʼlgan joyidan bir dona singan holdagi tayoq boʼlagi va bir dona butun holdagi choʼpon tayogʼi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qumqoʼrgʼon tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech