Surxondaryoda ukalarining yonini olish uchun urishgan “mushtumzo‘r” raqibini pichoq bilan jarohatladi
Surxondaryo. 2020 yil 02 iyun' kuni soat 12:30 da fuqaro 23 yoshli A.X., Termiz tumanning “Xalqobod” mahallasida joylashgan bog‘ hududida, shu bog‘da ishlovchi Angor tumanida yashovchi 20 yoshli S.X., bilan o‘zining ukalari 21 yoshli Z.A., va 18 yoshli Z.A., lar bilan S.X., ning o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ziddiyat sababli, ukalarini himoya qilish bahonasida S.X., bilan o‘zaro janjallashib urishib, yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan S.X., ning chap biqin sohasiga bir marta sanchib, unga tan jarohati yetkazgan.
Oqibatda S.X., Termiz shahridagi RShTYoIM SFning 1-jarrohlik bo‘limiga yotqizilgan.
Sudga oid tibbiy ekspertiza xulolasiga ko‘ra, S.X.,ga hayot uchun xavfli bo‘lgan “og‘ir” tan jaroxati yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan A.X.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti