Surxondaryoda 13 tonnaga teng chigit mahsuloti o‘g‘irlandi
Surxondaryo viloyati. Fuqaro 45 yoshli X.Akbar Qumqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i nomiga aloqa xati orqali yo‘llagan murojaatida 2021 yilning aprel oyi boshlarida va 1 may kunidan 2 may kuniga o‘tar kechasi unga tegishli Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan MCHJ omborxonasida saqlanayotgan hosil uchun tarqatilishidan qolgan jami 12.929 kg. dorilangan chigit mahsulotlarini nomaʼlum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilganligini maʼlum qilgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqarolar 29 yoshli M.Shoxrux, 33 yoshli T.Otabek, X.Abdug‘ani va 27 yoshli X.Ulug‘beklar sodir etganliklari aniqlanib, hujjatsiz paxta chigitini ajratish sexi, 67 kg. paxta mahsuloti, jami 624 kg. dorilangan chigit mahsulotlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-modda 2-qismi “v,g” bandlari (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti