O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Uchqo‘rg‘onda 20 000 000 so‘mlik “og‘u” aniqlandi

Namangan viloyati. 2021 yilning 23 aprel kuni soat 21:50 larda 52 yoshli K.Turg‘unpo‘lat tanishi 47 yoshli A.Xusniddin bilan Uchqo‘rg‘on tumani O‘rdabog‘ mahallasida joylashgan yashash xonadonida “Sherzod” ismli shaxsga ikkita o‘ram sellofanga o‘ralgan o‘tkir hidli moddalarni 20 000 000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtlarida IIB, DXX va Bojxona xodimlari tomonidan ushlanganlar.

Sud kimyoviy ekspertiza xulosasida, 1-o‘ramda vazni 18.90 gramm, 2-o‘ramda 190.04 grammga teng “GASHISH” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan K.Turg‘unpo‘lat va A.Xusniddinlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi doirasida mazkur giyohvandlik moddasining kelib chiqish manbasi aniqlanib, huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Text to speech