O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Zominda “Avto ehtiyot qismlar” do‘konida o‘g‘irlik sodir etgan shaxslar aniqlandi.

Jizzax. 2020 yil 25 yanvardan 26 yanvarga o‘tar kechasi noma'lum shaxslar Dashtobod shahrida joylashgan “Avto ehtiyot qismlar” do‘koniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, do‘kondan 41.200.000 so‘mlik har xil turdagi avtomashinalarning ehtiyot qismlarini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Zomin tumani IIV huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (uy-joy omborga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan, o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan 25 yoshli N.M., 22 yoshli N.U. va 19 yoshli D.A. lar sodir qilganligi aniqlanib, ulardan o‘g‘irlangan mulkning aksariyat qismi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olinib, jinoyatlari fosh etilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha N.M., N.U. va D.A. lar gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, N.M. va N.U. lar prosessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Zomin tumani IIO FMB huzuridagi

TB katta tergovchisi

mayor E.B.Eraliyev

Text to speech