O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

100 ming so‘mga ishonib qolgan jabrlanuvchi avtoulovsiz qoldi

Namangan viloyati. Joriy yilning 23 yanvar kuni 37 yoshli Muxammadali A., Kosonsoy tumani “Cho‘ngboshMFY.,da istiqomat qiluvchi 34 yoshli G‘ayrat U.,ni aldab, unga tegishli bo‘lgan “Vaz-21011” rusumli avtomashinasini 11.400.000 so‘mga sotib olishga kelishib, avvaliga 100.000 so‘m pul berib, 24.01.2021 yilda 3.400.000 so‘mini, 27.01.2021 yilda 8.000.000 so‘mini berishini aytib, ushbu avtomashinani olib ketib boshqa bir fuqaroga 3.000.000 so‘m pul evaziga sotib, pullarni o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Muxammadali A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi “B” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida Sizga tanish bo‘lmagan insonlarning qo‘llariga o‘zingizning xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to‘riga tushmaslik o‘z qo‘lingizda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech