O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jinoyat yoʼliga qayta qadam bosishdi

Toshkent shahar. 2020 yilning 11 may kuni soat 17:30 da nomaʼlum shaxs Yunusobod tumani А.Temur koʼchasi “Cola Market” savdo doʼkonining qarshisida turgan MChJ, ga qarashli “GAZ 330202 1269” rusumli yuk avtomashinasi qarovsiz holda qoldirilganligidan foydalanib, avtomashinani kalit tanlash yoʼli bilan ochib, avtomashina ichida boʼlgan 7.362.325 soʼm miqdoridagi pullarni yashirin ravishda qoʼlga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni muqaddam oʼgʼirlik jinoyati bilan sudlanganlar 37 yoshli B.X. va 42 yoshli F.I. lar sodir etganliklari aniqlangan. B.X. va F.I., lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlar olib borilmoqda.

Xurmatli fuqarolar transport vositangizni qarovsiz qoldirmang, agar qoldirsangiz transport vositasida pul va boshqa boyliklarni qoldirmang.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech