Epidemiyaga qarshi kurash qoidalari yana buzildi
Rossiya Federatsiyasi orqali Moskva-Toshkent yoʼnalishidagi poezd bilan Respublikamizga kirib kelgan fuqaro Sh.R., Qoraqalpogʼiston Respublikasi hududida joylashgan “Dout ota” bojxona chegara postidagi tekshirish vaqtida, koronavirus (Covid-19) kasalligiga chalinganlikda gumonlanib, Qoraqalpogʼiston Resbuplikasi Nukus shahridagi “bolalar markaziy kasalxonasi”ning karantin boʼlimiga davolash maqsadida yotqizilgan boʼlishiga qaramasdan epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini koʼpol ravishda buzib, oʼzboshimchalik bilan 21 mart kuni kasalxonadan qochib ketganligi aniqlangan.
Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida, fuqaro Shofirkon tumanida ushlangan.
Ushbu holat yuzasidan 21 mart kuni Sh.R.,ga nisbatan Qoraqalpogʼiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 2571-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlanganlar.
Hozirda jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergov Tergov departamenti tomonidan alohida nazoratga olingan.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti