Uyida kannabis parvarishlayotgan 63 yoshli otaxonning faoliyatiga chek qoʼyildi
Qashqadaryo. 2020 yilning 11 sentyabrь kuni soat 19:00 da Shahrisabz shahar IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, 63 yoshli А.G., ning yashash uyi hovlisi koʼzdan kechirilganida, 2 ta taxtadan yasalgan idishda, 2 ta temir chelakka va 5 ta yelim idishda hamda 1.5 m2 maydonida ekilgan jami 11 tup kannabis giyohvandlik oʼsimliklari, shuningdek ularning yonida yelim idishlarda 25 dona balandligi 2 sm.dan 12 sm.gacha boʼlgan kannabis giyohvandlik oʼsimligi nihollarini ekib parvarishlab kelayotganligi, shu bilan birga 11 tup oʼsimliklardan yulib olinib quritish uchun qogʼoz boʼlagiga yoyib qoʼyilgan 5.1 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan А.G.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Dastlabki tergov jarayonida А.G., jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti