O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Gentra” haydovchisi 600.000 so‘mlik uyali telefon apparatini olib qochdi

Andijon. 2020 yilning 10 noyabr kuni soat 14:00 da fuqaro 20 yoshli Z.M., o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, boshqaruvida bo‘lgan “Gentra” rusumli avtomashinasida Jalaquduq tumani Dostonobod MFY Paxtachi ko‘chasiga kelib, o‘ziga avvaldan tanish bo‘lmagan fuqaro 18 yoshli J.I.,ning “Lenovo” rusumli narxi 600.000 so‘mlik uyali aloqa vositasini oila aʼzolariga qo‘ng‘iroq qilib olish maqsadida so‘rab olib, boshqaruvidagi “Gentra” rusumli avtomashinasida hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Z.M.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha Z.M., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, himoyachi ishtirokida so‘roq qilingan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech