O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Haydovchi protsessual tartibda ushlandi

Joriy yilning 24 avgust kuni Toshkent shahar IIBB va OАV orqali YHXB sobiq xodimi mast holatda Yunusobod tumanida ona-bolani avtomashinada urib YTH sodir qilganligi toʼgʼrisida axborot berilgan edi.

Аvval xabar berilganidek 36-yoshli T.А., (Toshkent shahar IIBB YHXB sobiq xodimi, shahodatlash komissiyasidan oʼtmagach, rahbariyatning buyrugʼi asosida joriy yilning 20 avgust kuni ichki ishlar organlaridan boʼshatilgan) boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomobilini Yunusobod tumani hududida joylashgan А.Donish koʼchasi tomonidan Yangi Yunusobod koʼchasi tomoniga qarab Yunus ota koʼchasi boʼylab mast holatda boshqarib borayotib piyodalarning tartibga solinmagan oʼtish joyidan yoʼlni kesib oʼtayotgan 35 yoshli G.Yu. va uning farzandi 2 yoshli T.Ch., ni urib yuborib, YTH sodir qilgan.

Sodir boʼlgan yoʼl-transport hodisasi natijasida har ikki piyoda turli koʼrinishdagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2020 yilning 24 avgust kuni T.А., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan boʼlib, voyaga yetmagan piyoda 2 yoshli T.Ch., shifoxonada koʼrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan, shu sababli jinoyat ishi JKning 266-moddasi 2-qismi (odam oʼlimiga sabab boʼlgan Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish)ga qayta malakalangan.

Hozirda haydovchi T.А., jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, kunning qorongʼu vaqtida harakatlanganda yoʼl harakati qoidalariga rioya qilishingizni, belgilangan tezlik normalariga amal qilgan holda harakatlanishingizni tavsiya qilamiz.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech