Yoʼnalishli taksi haydovchilari yoʼlovchilarni taqsimlay olishmadi.
2020 yilning 02 mart kuni taxminan soat 11:15 larda Qarshi shahridagi “Eski shahar-Pistakent” yoʼlanish avtoturargohida, “Damas” rusumli avtomashina haydovchisi 30 yoshli F.E. boshqa bir “Damas” rusumli avtomashina haydovchisi 22 yoshli N.Sh. bilan yoʼlovchi talashib, oʼzaro janjallashib, N.Sh.ni haqorat qilib, yoʼlovchilarni oʼzining avtomashinasiga solib, navbatsiz “Guliston” yoʼnalishiga qarab yurib ketgan. Shundan soʼng, N.Sh. va uning tanishi 19 yoshli G.T.,lar F.E.ning haqorat qilish sababini aniqlash maqsadida, N.Sh.ning avtomashinasida F.E.ning orqasidan borib, “Guliston” mahallasidagi koʼchalarning birida uchrashishgan.
Oʼzaro suhbat jarayonida F.E. fuqaro G.T.ga tortishuvga aralashmasligini aytib, oʼzaro janjallashib, yonidagi pichoq bilan G.T.ga nisbatan jarohat yetkazgan. Natijada G.T. tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasilan Qarshi tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan va F.E. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti