Katta miqdordagi dizelь yoqilgʼisini firibgar ilib ketdi.
Buxoro. 2020 yilning 27 fevralь kuni Qashqadaryo viloyatida yashovchi, 55 yoshli B.А., Buxoro viloyatida yashovchi, 45 yoshli S.T., dan umumiy qiymati 1.080.255.000 soʼm boʼlgan 163.375 litr dizelь yoqilgʼisini keyinchalik pulini berish sharti bilan olib ketib, ushbu dizelь yoqilgʼisini boshqalarga sotib yuborib, pulni bir qismini qaytarib, qolgan 364.000.800 soʼmini bermasdan oʼz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.