O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Voyaga yetmagan o‘zi bilan salomlashmagan 22 yoshli tanishini jarohatladi

Toshkent shahri. 2021 yilning 01 may kuni soat 23:30 larda voyaga yetmagan 14 yoshli X.Izzatilla Shayxontohur tumani Ilg‘or mahallasida joylashgan jamoat joyi hisoblangan “Aviachipta” binosining orqa tomonida bo‘la turib, 22 yoshli A.Orifjonga u bilan ikki kun oldin salomlashmaganligini, uni yosh bola ko‘rganligini vaj qilib, hech bir sababsiz chap qo‘ltiq sohasiga bir marotaba pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan X.Izzatillaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech