O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sement olib berishni va'da qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona. 2019 yilning noyabr' oyida 43 yoshli O.Yu. Firibgarlik yo‘li bilan tanishi 33 yoshli I.K. bilan Farg‘ona shahar Aeroport ko‘chasida uchrashib, “Bekobod-Sement” AJdan sement mahsulotlarini arzon narxda olib berishni yolg‘ondan aytib, jami 137.000.000 so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O.Yu., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech