O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mast holdagi haydovchi 2 nafar yo‘lovchilar hayotiga zomin bo‘ldiMast holdagi haydovchi 2 nafar yo‘lovchilar hayotiga zomin bo‘ldi

Samarqand. 2020 yilning 04 may kuni soat 19:30 da Urgut tumani “Tinchlik” mahallasi hududidan o‘tuvchi A-377 avtomobil' yo‘lining 33 kilometrida haydovchi 27 yoshli F.R., ning boshqaruvida bo‘lgan “VAZ-2106” rusumli avtomashinasini mast holatda Samarqand yo‘nalishi tomonidan Tojikiston Respublikasi yo‘nalishi tomonga qarab boshqarib kelayotgan vaqtida, o‘ziga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan haydovchi 29 yoshli Z.A.,ning boshqaruvidagi “Gaz-5327” rusumli yuk avtomashinasining o‘ng yon tomoniga urilib, yo‘l transport hodisasi sodir qilgan.

To‘qnashuv natijasida “Gaz-5327” rusumli yuk avtomashina yo‘lovchilari (haydovchining turmush o‘rtog‘i va farzandi) 22 yoshli D.S. va voyaga yetmagan 2 yoshli A.N., lar og‘ir tan jarohati olib hodisa joyida vafot etganlar.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech