O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qarzini qaytarib olishni noqonuniy yo‘lini tanladi

Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 02 aprel kuni soat 17:00 larda 37 yoshli Muhammad X., 36 yoshli Jahongir U., bilan birgalikda, Tojikiston Respublikasi fuqarolari 33 yoshli Jamshidjon U., va 34 yoshli Vali M.,larni Uchko‘prik tumani Qirq qishlog‘i hududidagi tashlandiq joyga olib borib, tanishi 26 yoshli Maqsudjon A.,ning qarz pullarini berishlarini talab qilib ularni urib do‘pposlab, o‘ldirish bilan qo‘rqitganlar.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Uchko‘prik tumanida yashovchi Maqsudjon A.,dan Tojikiston Respublikasi fuqarolari Jamshidjon U., va Vali M.,lar 7 200 AQSH dollarlik trikotaj mahsulotlarini sotib olib, pullarni bermay kelayotganliklari haqida tanishlari Muhammad X., va Jahongir U.,larga aytib, gaplashib qo‘yib qo‘rqitib berishlarini so‘raganligi natijasida ushbu jinoyat yuz berganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Muhammad X., va Jahongir U.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 112-moddasi 1-qismi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Jinoyat ishi doirasida barcha shaxslarning xatti-harakatlariga qonuniy baho berilishi taʼminlanadi.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech