O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Kuch sinashning oqibati

Toshkent viloyati. 2021 yilning 09 mart kuni soat 11:00 larda voyaga yetmagan 10-sinf o‘quvchisi 16 yoshli Akmal N., Angren shahrida joylashgan o‘rta taʼlim maktab hududida 11-sinf o‘quvchisi 17 yoshli Oybek A., bilan janjallashib, bir-biriga kim zo‘rligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lib, Akmal N., Oybek A.,ning jag‘ qismiga mushti bilan urgani oqibatida yerga yiqilib, bosh miya yopiq sinishi, ensa suyak sinishi kabi jarohatlar olgan. 

Mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan Akmal N.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech