Giyohvandlar yigʼiladigan bangixona aniqlandi, jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan
Navoiy. 2020 yilning 07 aprelь kuni soat 15:30 da Navoiy viloyati IIB va shahar IIO FMB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida Navoiy shahar Navoiy koʼchasida yashovchi 48 yoshli А.S., 3 nafar tanishlariga qoʼlbola usulda tarkibida “Opiy” giyohvandlik vositasi mavjud boʼlgan “Dizomorfin” (krokodil) giyohvandlik moddasini tayyorlab, isteʼmol qilganliklari aniqlanib, oʼzining yashash uyida giyohvandlik moddasini isteʼmol qilish uchun sharoit yaratib bergan.
Ushbu xonadon koʼzdan kechirilganda kora rangli paketda “Kodeks, “Аnalgin” “Demidrol” dori vositalarining boʼsh qutilari, “spichki” nomli gugurt boʼsh qutilari, oshxonada 2 dona ichida sargʼish rangli modda qoldiqlari boʼlgan temir idishlar, shuningdek, 10 mg, 0,5 mg va 0,2 mg ichida qon dogʼlariga oʼxshash modda qoldiqlari boʼlgan shpritslar va 5 dona qonga oʼxshash dogʼlari boʼlgan tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Holat yuzasidan Navoiy shahri boʼyicha IIO va FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan fuqaro А.S.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 4-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni isteʼmol qilish yoki tarqatish uchun bangixonalar tashkil qilish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti