O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tovlamachi 500 АQSh dollari bilan qoʼlga tushdi

Buxoro. 36 yoshli U.R., 2018 yilning sentyabrь oyida 22 yoshli R.А., bilan internet ijtimoiy tarmogʼi orqali tanishib, u bilan yaqin munosabatlarda boʼlib kelib, oʼzining uyali aloqa vositasida mavjud boʼlgan R.А., ga tegishli shaxsiy fotosuratlarni uning oila aʼzolariga koʼrsatmaslik va internet tarmoqlarida tarqatmaslik evaziga R.А.,dan 1.000 АQSh dollari pullarni talab qilib, R.А., uchun sir saqlanishi lozim boʼlgan maʼlumotlarni oshkor qilish bilan qoʼrqitib, 2020 yilning 04 sentyabrь kuni soat 11:15 da Buxoro shahri B.Naqshband koʼchasida R.А,dan tovlamachilik yoʼli bilan 500 АQSh dollari pullarni olayotgan vaqtida ushlangan va tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Holat yuzasidan Buxoro shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan U.R., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. U.R., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech