Mototsikl oʼgʼrisiga nisbatan sud hukmi eʼlon qilindi.
2019 yil 03 dekabr kuni taxminan soat 21:00 larda 18 yoshli Sh.А. Xatirchi tumani “Oqtepa” mahallasidagi doʼkon oldida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro J.M.ga tegishli “IJ-4” rusumli mototsiklni olib qochib, qirlikga olib borib, mazkur mototsiklni bir nechta ehtiyot qismlarini kelgusida oʼziga tegishli mototsiklga oʼrnatish maqsadida yechib olib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur xolat yuzasidan fuqaro Sh.А.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan va Sh.А.dan xolislar ishtirokida olingan mototsikl ehtiyot qismlari ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan.
Ish buyicha Sh.А.ga nisbatan ayblov eʼlon kilinib, “shaxsiy kafillikka berish” ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudlov muhokamasiga yuborilgan.
Jinoyat ishlari buyicha Xatirchi tumani sudi tomonidan 2020 yil 16 yanvar kunidagi hukmiga koʼra, fuqaro Sh.А. aybdor deb topilib, unga 4 (toʼrt) yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti