Firibgarlikni kasb qilib olgan shaxs sud oldida javob berdi
Toshkent. 2015 yil noyabr oyidan 2016 yil dekabr oyiga qadar boʼlgan vaqt oraligʼida S.Raximov Toshkent shahar Shayxontohur tumani Gulobod koʼchasida boʼla turib jabrlanuvchi А.K., ga birgalikda videokameralarni yigʼish sexini ochishni va katta miqdorda foyda koʼrishni vaʼda qilib А.K., dan dastlabki ishlab chiqarish dastgohlari, turli mebelь, asbob-uskunalar sotib olish uchun jami 3.700 АQSh dollari (11.802.741 soʼm) miqdordagi pullarni davomiy ravishda firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritib, oʼzining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Bundan tashqari, S.Raximov jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2016 yil aprel oyining boshida Toshkent shahar Chilonzor tumani Novza koʼchasi “Gamilon” nomli ofisda boʼla turib, jabrlanuvchi B.G., dan 7.200 АQSh dollari (20.755.296 soʼm) evaziga “Lacetti” rusumli avtomashina olib bersa, ikki yil mobaynida unga ushbu pullarini 3.600 АQSh dollari miqdoridagi ustamasi bilan qaytarib berishini vaʼda qilib jami 7200 АQSh dollari miqdoridagi pul mablagʼlarini firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritib, oʼzining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Bundan tashqari, S.Raximov yana bir qancha firibgarlik jinoyatlarini sodir etib bir guruh fuqarolardan turli aldov yoʼllari bilan katta miqdordagi pullarini qoʼlga kiritib, oʼz ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Firibgarlik holatlari yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, S.Raximovga ayb eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborilgan.
Jinoyat ishlari boʼyicha Toshkent shahar Shayxontohur tuman sudining hukmiga koʼra, S.Raximov firibgarlik jinoyatlarini sodir etishda aybli deb topilib, umumiy 5 (besh) yil 1 (bir) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilangan.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti