O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Damas” olib beruvchi firibgar ushlandi

Qashqadaryo. 35 yoshli J.F., aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, 38 yoshli O‘.P., ni aldab, unga Qarshi shahridagi “Lion Motors” MChJ orqali qisqa vaqtda “Damas” rusumli avtomashina olib berishini va'da qilib, ishonchiga kirib, 2019 yil 09 noyabr' kuni O‘.P., dan jami 54.000.000 so‘m naqd pullarini olib, ushbu pullarni olganligi to‘g‘risida kvitansiya to‘ldirib berib, pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Bundan tashqari, J.F., o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, fuqaro O‘.P.,ni aldab, ishonchiga kirib, uning yana yangi avtomashina olish niyati borligidan foydalanib, unga yana shu MChJ orqali “Damas-van” (yuk tashuvchisi) rusumli avtomashina olib berishini aytib, uni ishontirib, 2020 yil 24 fevral' kuni O‘.P.,ning jami 53.340.000 so‘m naqd pullarini olib, ushbu pullarni olganligi to‘g‘risida kvitansiya to‘ldirib berib, pul mablag‘larini o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Holat yuzasidan Qarshi shahri bo‘yicha IIO FMB 1-son IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro J.F., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida J.F., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar, kelgusida firibgarlarga aldanib qolishingizni oldini olish maqsadida, Sizdan yangi avtomashina xarid qilayotganingizda pullarni avtosalon bilan hamkorlikda xizmat ko‘rsatuvchi bank kassasiga to‘lov qilishingiz so‘raladi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech