O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qurilish mollarini aldash yoʼli bilan qoʼlga kiritgan shaxs ushlandi

Qashqadaryo. 2019 yilning yanvarь oyidan 2020 yil fevralь oyiga qadar 35 yoshli А.T. Qarshi shahar Farhod bozorida ishlovchi tadbirkor 38 yoshli Sh.S., ni aldab, ishonchiga kirib jami 171.000.000 soʼmlik qurilish mollarini olib, ushbu qurilish mollarini ishlatib yuborib, olingan qurilish mollarini pulini toʼlashdan boʼyin qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat kodeksi qoʼzgʼatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida А.T. tomonidan yozilgan tilxat ashyoviy dalil tariqasida xujjatlashtirilib olingan va jinoyat ishiga qoʼshilgan.

Jinoyat ishi boʼyicha А.T. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib protsessual tartibida ushlangan.

Jinoyat ishi boʼyicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech