Do‘kondan sigaret o‘g‘irlagan shaxs ushlandi.
2020 yil 20 yanvar' kunidan 21 yanvar' kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Andijon tumanida joylashgan “Kuygan-yor” dexqon bozoridagi 27 yoshli D.N.,ga tegishli savdo do‘koniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, savdo do‘koni ichida bo‘lgan 22.010.500 so‘mlik har-xil turdagi sigaret mahsulotlari va 2.800.000 so‘m pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan D.N.,ning 2020 yil 10 fevral' kunidagi arizasiga asosan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan noma'lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan, xavfli residivist, 34 yoshli E.A. tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, undan 110 qutidagi “Kent”, “Marlboro”, “Wingston”, “Parlament” va “Pall-Mall” nomli sigeretlar xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.
Dastlabki tergov jarayonida E.A.,ga nisbatan JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi ayblov e'lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti