50 millionlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
Jizzax. 2020 yilning 15 sentyabr kuni Sharof Rashidov tumanida yashovchi 32 yoshli Yu.A., tuman IIB ga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida 2020 yilning 14 sentyabr kuni soat 08:00 dan 19:00 ga qadar uyiga nomaʼlum shaxs kirib, yashash xonadoni yotoqxonasidagi tortma ichida bo‘lgan umumiy qiymati 50 million so‘mlik tilla taqinchoqlar o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, tilla taqinchoqlar va nomaʼlum shaxslarni topib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan nomaʼlum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi 35 yoshli fuqaro T.R., sodir etganligi aniqlanib, undan 5 dona tilla uzuk ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. T.R., jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibida ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti