O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

YPX maskanidan giyohvandlik vositasini olib oʼtmoqchi boʼlgan shaxs ushlandi

Namangan. 2020 yilning 12 avgust kuni soat 21:00 da Namangan shahrida joylashgan “Аngor” YPX nazorat maskanida, Namangan-Pop yoʼnalishi boʼyicha harakatlanib ketayotgan fuqaro А.K., ga tegishli boʼlgan “Nexia” rusumli avtomashina toʼxtatilib, xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganda, yoʼlovchi sifatida kelayotgan 39 yoshli T.T., ning oʼrindigʼi tagidan, qora rangli polietilen paket parchasiga oʼralgan, jigarrang oʼtkir hidli, sof ogʼirligi 482,62 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda ramiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Namangan shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni koʼp miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd ) jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, T.T. mazkur giyohvandlik vositasini 2 mln. soʼm xaq evaziga Yangiqoʼrgʼon tuman markazida “А” ismli shaxsdan Pop shahri markazida kutib turgan oʼziga notanish boʼlgan shaxsga yetkazib berish uchun olib ketayotganligini bildirgan.

Jinoyat ishi boʼyicha T.T. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda, mazkur jinoyatga aloqador boʼlgan shaxslarni aniqlash choralari koʼrilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech