O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Karantinga qaramasdan jinoyatga qoʼl oʼrgan shaxs ushlandi.

Аndijon. 2020 yilning 27 mart kunidan 28 mart kuniga oʼtar kechasi nomaʼlum shaxs Аndijon shahri Musaev koʼchasida joylashgan va 43 yoshli I.U., ga tegishli avtomashinalarni yuvish shahobchasiga devor oshish yoʼli bilan kirib, u yerdagi temir seyf ichida boʼlgan 87.500.000 soʼm va 36.100 АQSh dollar pullarini oʼgʼirlab hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Аndijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan tergov tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 21 yoshli А.P. sodir etganligi aniqlanib, uning yashash xonadonidan 32.431 АQSh dollari va 47.390.000 soʼm pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

А.P., ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi extiyot chorasi qoʼllanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Text to speech