O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mast holda avtomashina olib qochgan shaxs ushlandi.

Surxondaryo: 25.03.2020 yilda Termiz shahar Yoshlik koʼchasida yashovchi 34 yoshli Sh.P., Termiz shahri boʼyicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yil 24 mart kuni soat taxminan 22:15 da Termiz shahar А.Navoiy koʼchasidagi ichki yoʼlda turgan oʼziga tegishli “Spark” rusumli avtomashinasini nomaʼlum shaxs olib qochib ketganligini koʼrib qolib, uning ortidan quvlaganligini, nomaʼlum shaxs avtomashinani taxminan 50 metr masofagacha boshqarib borib, avtomashinani tщxtatib, tushib qochib ketganligini maʼlum qilgan.

Oʼtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni mast holdagi 29 yoshli X.N. sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan va X.N.,ga protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech