O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Аvtomashinani olib qochib, agʼdarib yuborgan shaxs ushlandi

Samarqand. 2020 yilning 13 aprelь kuni 40 yoshli Sh.S. Urgut tumani boʼyicha IIO FMB boshligʼi nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yiling 12 aprelь kunidan 13 aprelь kuniga oʼtar kechasi soat 23:00 larda yashash uyining yonida qoldirgan oʼziga tegishli boʼlgan «VАZ-2102» rusumli transport vositasini nomaʼlum shaxs olib qochib ketganligini va ushbu holat yuzasidan qonuniy chora koʼrishni soʼragan.

Olib borilgan tekzor-qidiruv harakatlari davomida fuqaro Sh.S., ga tegishli boʼlgan «VАZ-2102» rusumli transport vositasini 24 yoshli L.T. olib qochib ketganligi va boshqaruvni yoʼqotib avtomashinani agʼdarib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan fuqaro L.T., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, L.T. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov deparatamenti

Text to speech