O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mototsiklni olib qochib ehtiyot qismlarga ajratib tashlagan shaxs ushlandi

Buxoro. 2020 yil 8 iyundan 9 iyunga oʼtar kechasi taxminan soat 01:00 da, 31 yoshli F.M., 19 yoshli O.B. boshqaruvida boʼlgan “Minsk MMVZ-3112” rusumli mototsiklni Qorakoʼl tumani Xoʼjalar koʼchasida joylashgan savdo doʼkoni oldidagi quduq yonida vaqtincha qoldirib ketganidan foydalanib, yashirin ravishda olib qochib, oʼzining Qorakoʼl tuman Hunarmandlar koʼchasida joylashgan yashash uyiga olib borib, yashirib qoʼyib, jinoiy harakatlarini yashirish hamda kelgusida ushbu transport vositasini sotish maqsadida toʼliq ehtiyot qismlarga ajratib, boʼyoqlarini oʼchirib tashlaganliklari aniqlangan

Holat yuzasidan F.M., ga nisbatan Qorakoʼl tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi 267-moddasi 2-qismi “g” bandi (transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida oʼgʼrilik yoʼli bilan olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida olib qochilgan mototsikl toʼliq ehtiyot qismlarga ajratilgan holatda F.M., ning uyidan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan va uning oʼzi jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech