Giyohvandlik vositasini saqlab kelgan shaxs ushlandi
2018 yil 3 avgust kuni Toshkent viloyat Quyichirchiq tuman hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida YU.CH. to‘xtatilib tekshirilganda, yonida selofan paketda 2 kg. 614.96 gr. “marixuana” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki jo‘natish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti