437 gramm giyohvandlik vositasini 117 bo‘lakka bo‘lib, mo‘may daromad orttirmoqchi bo‘ldi-Yu, ammo ....
Sirdaryo viloyati. 2021 yilning 26 yanvar kuni soat 19:30da Sirdaryo viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Sirdaryo tumanida joylashgan “Sirdaryo YPX” maskanida 39 yoshli Zahriddin K.,ning boshqaruvida bo‘lgan “Cobalt” rusumli transport vositasi to‘xtatilib, ushbu transport vositasining rul chambaragining ostki qismida jami 117 dona gugurt qutisi va 2 dona qog‘oz bo‘laklariga joylashtirilgan yashil rangli, o‘tkir hidli, o‘tsimon modda borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Sudga oid kimyoviy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, fuqaro Zahriddin K.,dan olingan o‘simlik moddalari tarkibida faol giyohvand modda, tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, ushbu moddalar “marixuana” deb atalishi va uning umumiy og‘irligi 437,61 grammni tashkish qilishi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Zahriddin K.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergovga kirishilgan.
Tergov harakatlari davomida Zahriddin K.,ga nisbatan ayblov eʼlon qilinib, kelgusida jinoiy faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti