O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Chorva qo‘ylarini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi.

2020 yil 22 fevral' kuni fuqaro 31 yoshli I.Yu. Nurobod tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yil 18 fevral' kuni soat 19:00 dan soat 23:00 ga qadar bo‘lgan vaqt mobaynida noma'lum shaxs uning yashash uyi hovlisidagi qo‘yxonasidan umumiy bahosi 20.200.000 so‘mlik 18 bosh qo‘ylarini o‘g‘irlab ketganligini, noma'lum shaxsni aniqlab, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Nurobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan Qashqadaryolik 39 yoshli A.A. sodir etganligi aniqlanib, undan 17 bosh qo‘ylar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan, A.A.,ning o‘zi esa prosessual tartibda ushlangan.

Tergov jarayonida A.A.,ga nisbatan JKning 169-moddasi 4-qismi “b” bandi (o‘ta xavfli residivist tomonidan sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan ayb e'lon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda  dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech