O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zi tayyorlagan giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida ushlandi.

2020 yil 15 yanvar kuni Xorazm viloyat IIB va Qo‘shko‘pir tumani bo‘yicha IIO FMB JQB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 28 yoshli J.R. yashil rangli, o‘ziga xos o‘tkir hidli quritilgan holdagi og‘irligi 152,2 gr. “marixuana” giyoxvandlik vositasini qonunga xilof ravishda 500.000 so‘m evaziga S.I.ga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Dastlabki tergov jarayonida, J.R. o‘z ko‘rsatmasida, 2019 yil oktyabr oylarida kannabis o‘simligi urug‘ini ekib, uni parvarishlab, tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan o‘simlik yetishtirganligini, uni yig‘ib olganidan so‘ng quritib, maydalab keyinchalik sotish maqsadida qopga solib qo‘yganligini, shu bilan birga J.R.ning o‘zi giyohvandlik vositasini iste'mol qilmasligini ma'lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘shko‘pir tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan J.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida J.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan ayblov e'lon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi extiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Text to speech