O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ko‘knori sotuvchisi ushlandi.

Qashqadaryo. 2020 yilning 15 fevral kuni taxminan soat 11:00 larda Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, 53 yoshli A.E., giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish maqsadida, o‘zi ishlab kelayotgan Qarshi tumanida joylashgan xususiy korxonaning ishchilar ovqatlanish xonasida hamkasbi 54 yoshli B.X.,ga bir dona ko‘k rangli “Letual'” yozuvli polietilen paketiga solingan yashil rangli, o‘tkir hidli, quritilgan holatdagi sof og‘irligi 32 gr. ko‘knori giyohvandlik vositasini 100.000 so‘mga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Bundan tashqari, shaxsiy tintuv vaqtida A.E.ning yonidan bir dona, “Bahor” yozuvli, qora rangli polietilen paketga solingan yashil rangli, o‘tkir hidli, quritilgan holatdagi sof og‘irligi 94,2 gramm ko‘knori giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.E.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech