O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ov qurolini sotayotgan shaxs qoʼlga tushdi

Fargʼona tumani. 03 aprelь kuni oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida Oʼrtashoʼra mahallasida yashovchi Y.K. “ТОЗ-34Р”rusumli, 12-kalibrli, 2 stvolli ov qurollarini 2 000 АQSh dollariga sotayotgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʼona tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi(oʼqotar qurolni, oʼq-dorilarni, portlovchi moddalarni yoki portlash qurilmalarini oʼtkazish) bilan  jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksning 248-moddasi 3-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʼn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko'rsatilgan

 Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech