Og‘uning bir yillik hosilni maydalab sotmoqchi bo‘lgan guruh aʼzolari ushlandi
Andijon viloyati. 2021 yilning 08 yanvar kuni Qo‘rg‘ontepa tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro 48 yoshli Davronbek A., jinoiy sherigi fuqaro 31 yoshli Sherzodbek M., bilan birga tadbirga jalb qilingan shaxsga 30,73 gramm miqdorda “marixuana” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda 150.000 so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.
Shundan so‘ng, tadbir davom ettirilib, Davronbek A.,ning Qo‘rg‘ontepa tuman Ijtimoyat MFYda joylashgan yashash uyida o‘tkazilgan tintuv jarayonida, Davronbek A., kelgusida sotish maqsadini ko‘zlab, uyning ayvonida turgan bir dona polietilen chelak ichida turgan 5 litr hajmli jami 5 dona, bir dona 4 litr hajmli va yana bir dona 3 litr hajmli polietilen idishda qadoqlangan holda, jami 7020.78 gramm miqdorda quruq holdagi yashil rangli o‘tkir hidli maydalangan holdagi o‘simliksimon modda bo‘laklarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida fuqaro Sherzodbek M., dan 50.000 so‘m va Davronbek A., dan esa 100.000 so‘m pullar hamda 7020,78 gramm o‘simliksimon modda ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Sud-kimyoviy ekspertizasi xulosasida fuqaro Davronbek A.,dan olingan idishlar ichidagi moddalar tarkibida faol giyohvandlik modda “tetragidrokannabinol” mavjud bo‘lib, bu modda “MARIXUANA” deb atalishi, uning sof og‘irligi 7020.78 grammni tashkil etishi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Davronbek A., va Sherzodbek M.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) va 25,273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida, ularga nisbatan yuqoridagi moddalar bilan ayblov eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda jinoyat ishi Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan ish yurituviga olinib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti