O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Giyohvandlik vositasi sotayotgan ayol qoʼlga olindiGiyohvand vositasi sotayotgan ayol qoʼlga olindi

Xorazm. 2020 yilning 07 sentyabrь kuni soat 22:50 da viloyat bojxona boshqarmasi, IIB va DXX hodimlari bilan hamkorlikda, oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, Urganch shahar 4-dahada yashovchi 50 yoshli F.O. (ayol) yashash xonadonida ikki boʼlak polietilen paket boʼlagiga oʼralgan sof ogʼirligi 28.49 gramm boʼlgan “opiy” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda 12.000.000 soʼmga sotgan vaqtida ushlangan hamda giyohvand vositasi va pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Shuningdek, F.O., ning yashash uyi xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganda, xonadonda bir dona polietilen paket boʼlakchasiga oʼralgan sof ogʼirligi 2.94 gramm boʼlgan “opiy” giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan va potsessual tartibda hujjatlashtirib olingan. 

Holat yuzasidan Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan F.O., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini koʼp miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tegishliligi boʼyicha Urganch shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimiga yuborilgan. 

Jinoyat ishi boʼyicha F.O., ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Tergov harakatlari davom etirilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech