O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Katta miqdordagi pullarni oʼgʼirlagan shaxs ushlandi

Fargʼona. 2020 yilning 26 fevralь kuni fuqaro M.А., (ayol) Margʼilon shahar IIB ga ariza bilan murojaat qilib, oʼz arizasida shu kuni taxminan soat 09:00 dan 14:00 ga qadar boʼlgan vaqt oraligʼida nomaʼlum shaxslar uning yashash xonadonida hech kim yoʼqligidan foydalanib, xonadon devori orqali yashirin ravishda kirib, yotoqxonasidagi temir seyf eshigini buzib, seyf ichida boʼlgan jami 40.000 АQSh dollar va 293.000.000 soʼm pullar hamda 15.000 АQSh dollarlik tillo taqinchoqlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilib, ushbu shaxslarni aniqlab ularga nisbatan qonuniy chora koʼrishni soʼragan.

Mazkur holat yuzasidan, Margʼilon shahar IIB xuzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni Fargʼona shahrida yashovchi 25 yoshli А.А., sodir etganligi aniqlanib, 03.04.2020 yilda protsessual tartibda ushlangan. А.А., gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan va undan ashyoviy dalil olingan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech