Аlisher Navoiy koʼchasida oʼgʼirlik qilgan 2 nafar shaxs ushlandi
Toshkent. 2020 yilning 05 iyunь kuni taxminan soat 17:00 da muqaddam oʼgʼirlik bilan sudlangan 41 yoshli O.X., tanishi 37 yoshli T.K., bilan jinoiy til biriktirib Shayxontohur tumani А.Navoiy koʼchasida joylashgan 61 yoshli X.M., (ayol) ga tegishli boʼlgan xonadonga kalit tanlash yoʼli bilan gʼayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasida joylashgan shkafning ichida boʼlgan 60.000.000 soʼmlik turli xildagi tilla-taqinchoqlar, 150 АQSh dollari va 150.000 soʼm naqd pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b, g” bandlari (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Dastlabki tergov jarayonida O.X., ga nisbatan JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan oʼgʼirlik) bilan ayb eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan, T.K.ga nisbatan esa 169-moddasi 2-qismi “b, v, g” bandlari (ancha miqdorda, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uy-joyga gʼayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan oʼgʼirlik) bilan ayb eʼlon qilinib, “uy qamogʼi” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti