Karantin davrida “gashish” giyohvandlik moddasini o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Samarqand. 2020 yilning 20 aprel' kuni soat 16:00 da Samarqand shahri IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida 57 yoshli B.A. va 29 yoshli D.S. oldindan jinoiy til biriktirib, Samarqand shahri Daxbed ko‘chasida 1,5 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini 1.300.000 so‘mga qonunga xilof ravishda sotayotgan vaqtida ushlanib, ulardan giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi “b” bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘g‘zatilgan. B.A. va D.S. larga tegishli moddalar bilan ayb e'lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti